Turniket va Face ID orqali avtomatik davomat

O‘quvchi turniketdan o‘tishi bilan ota-ona Telegram’da xabar oladi, davomat esa o‘zi belgilanadi. Maktabda alohida kompyuter shart emas — terminal ma’lumotni to‘g‘ridan-to‘g‘ri serverga yuboradi.

Bepul demo so‘rash Русская версия

Qanday ishlaydi

Hikvision Face ID terminali yoki karta o‘quvchili turniket internetga ulanadi va har bir o‘tishni Edumakon’ga yuboradi. Tizim o‘quvchini aniqlaydi va kirish/chiqish vaqtini yozadi.

  • ✓ Yuz, karta yoki kod orqali tanish
  • ✓ Kirish va chiqish yo‘nalishi
  • ✓ Kechikkanlar va kelmaganlar ro‘yxati

Ota-onalar xotirjam

Farzand maktabga kirdi, chiqdi — ota-ona bir necha soniyada biladi. Hech qanday qo‘shimcha ilova o‘rnatish shart emas.

Xodimlar davomati ham

Turniket xodimlar uchun ham ishlaydi: kelish-ketish vaqti HR va ish haqi hisob-kitobida foydalaniladi.

Ko‘p beriladigan savollar

Qaysi turniketlar qo‘llab-quvvatlanadi?

Hikvision DS-K1T seriyali Face ID terminallari va HTTP orqali hodisa yubora oladigan boshqa kirish nazorati qurilmalari.