Xususiy maktab uchun boshqaruv tizimi

Direktor, o‘qituvchi, buxgalter va ota-ona — hammasi bitta platformada. Har bir xodim faqat o‘ziga kerakli bo‘limlarni ko‘radi.

Bepul demo so‘rash Русская версия

O‘quv jarayoni

Sinflar, fanlar va dars jadvali, elektron jurnal, baholar, uy vazifalari va imtihonlar. Dars jadvali Telegram guruhlarga avtomatik yuboriladi.

  • ✓ Elektron jurnal va choraklik baholar
  • ✓ Onlayn imtihonlar va natijalar
  • ✓ O‘qituvchilar jadvali va dars soatlarini tasdiqlash

Moliya va xodimlar

O‘quvchi to‘lovlari, qarzdorlik, chegirmalar, xodimlar ish haqi va moliyaviy hisobotlar. HR bo‘limi: vakansiyalar, nomzodlar va suhbatlar.

Xavfsizlik va davomat

Turniket (Face ID) bilan integratsiya: o‘quvchi maktabga kirgani yoki chiqqani ota-onaga darhol xabar qilinadi, davomat avtomatik belgilanadi.

Rollar va ruxsatlar

Direktor o‘rinbosari, kutubxonachi, xavfsizlik xodimi kabi istalgan lavozim uchun o‘z rolingizni yarating va har biriga kerakli menyu va huquqlarni bering.

  • ✓ Bir xodimga bir nechta rol
  • ✓ Filiallar bo‘yicha cheklash
  • ✓ Harakatlar jurnali (audit)

Ko‘p beriladigan savollar

Davlat maktablari ham foydalana oladimi?

Platforma xususiy maktablar uchun yaratilgan, lekin har qanday ta’lim muassasasi foydalanishi mumkin. Demo uchrashuvda ehtiyojingizni muhokama qilamiz.

Ma’lumotlar qayerda saqlanadi?

Ma’lumotlar himoyalangan serverda saqlanadi, kirish faqat login va parol orqali, har bir xodim faqat o‘z roliga ruxsat etilgan ma’lumotni ko‘radi.