O‘quv markazi uchun dastur va CRM
Lid kelganidan to to‘lov va davomatgacha — o‘quv markazingizning butun ishi bitta tizimda. Excel, daftar va o‘nlab Telegram chatlar o‘rniga.
Yangi o‘quvchilarni yo‘qotmang: lidlar CRM
Qo‘ng‘iroq, Instagram yoki saytdan kelgan har bir murojaat lidlar doskasiga tushadi. Kim bilan bog‘lanildi, kim sinov darsiga keldi, kim to‘lov qildi — bir qarashda ko‘rinadi.
- ✓ Lidlar kanban doskasi va vazifalar
- ✓ Guruhda joy bo‘lmasa — kutish ro‘yxati
- ✓ Liddan bir tugma bilan o‘quvchi yaratish va guruhga qo‘shish
Guruhlar, dars jadvali va davomat
Kurslar va guruhlarni yarating, o‘qituvchi va xonani biriktiring. O‘qituvchi davomatni telefonidan belgilaydi, ota-ona esa farzandi darsga kelgan-kelmaganini darhol biladi.
- ✓ Guruh sig‘imi nazorati
- ✓ Elektron jurnal va baholar
- ✓ Xonalar band bo‘lishini oldini oluvchi jadval
To‘lovlar, dars paketlari va qarzdorlik
Oylik yoki dars paketi bo‘yicha to‘lovlarni yuriting. Paket tugashiga 2 dars qolganda o‘quvchi va ota-onaga avtomatik eslatma boradi, qarzdorlar ro‘yxati doim tayyor.
- ✓ Har bir o‘quvchi bo‘yicha hisob-kitob va kvitansiya
- ✓ To‘lov muddati eslatmalari
- ✓ Moliyaviy hisobotlar va o‘qituvchilar ish haqi
Ota-onalar va o‘quvchilar uchun
Ota-ona kabineti va Telegram bot orqali davomat, baho, to‘lov va e’lonlar o‘z vaqtida yetib boradi. O‘quvchilar coin va reyting tizimi bilan rag‘batlantiriladi.
Ko‘p beriladigan savollar
Edumakon’ni o‘rnatish kerakmi?
Yo‘q. Tizim brauzerda va telefonda ishlaydi, hech narsa o‘rnatish shart emas. Hisob ochilgach, darhol ishlashni boshlaysiz.
Bir nechta filialni boshqarsa bo‘ladimi?
Ha. Filiallar bo‘yicha o‘quvchilar, guruhlar va moliyani alohida ko‘rish va xodimlarga faqat o‘z filialini ko‘rsatish mumkin.
Mavjud o‘quvchilar ro‘yxatini ko‘chirish mumkinmi?
Ha, Excel fayldan o‘quvchilar va guruhlarni import qilish mumkin.