Elektron jurnal va baholar

Qog‘oz jurnal o‘rniga — o‘qituvchi telefonidan bir necha soniyada davomat va baho qo‘yadi, ota-ona esa hammasini real vaqtda ko‘radi.

Bepul demo so‘rash Русская версия

O‘qituvchi uchun qulay

Bugungi darslar ro‘yxati, bir bosishda sinf jurnali, davomat va baholar. Har bir dars uchun mavzu va uy vazifasi.

  • ✓ Davomat: keldi, kelmadi, kechikdi
  • ✓ Baholar va izohlar
  • ✓ O‘quvchilarni coin bilan rag‘batlantirish

Rahbariyat nazorati

Qaysi sinfda jurnal to‘ldirilmagan, kim davomatni belgilamagan — boshqaruv panelida ko‘rinadi. Choraklik va yillik natijalar avtomatik hisoblanadi.

Ota-ona kabineti

Ota-ona farzandining baholari, davomati va uy vazifalarini kabinet yoki Telegram bot orqali kuzatadi — bir nechta farzand bo‘lsa ham bitta joyda.

Ko‘p beriladigan savollar

Internet bo‘lmasa jurnal ishlaydimi?

Jurnal internet orqali ishlaydi; mobil internet yetarli. Ma’lumotlar serverda saqlanadi va yo‘qolmaydi.